O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6 300 nafardan oshdi
Jamiyat
−
21 iyun 2020
7770Bugun, 21 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 nafarga oshib, 6315 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent viloyatida (shundan 12 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 4 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4377 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1919 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi