O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 58 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 oktyabr kuni O‘zbekistonda 462 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqad Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, bugun 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 477 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Jizzax, Farg‘ona, Navoiy, Xorazm hamda Qashqadaryo viloyatlarida 398 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 58 238 nafar bemordan 54 854 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 907 nafar bemordan 573 nafari og‘ir, 252 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing