O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 52 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 sentyabr kuni O‘zbekistonda 619 holatda kasallik qayd etildi. Jami kasallanish 52 259 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, bugun 5 nafar koronavirusga chalingan bemor (3 nafar erkak, 2 nafar ayol) vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Jizzax, Andijon, Buxoro hamda Farg‘ona viloyatlarida 674 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 52 259 nafar bemordan 48 606 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 215 nafar bemordan 536 nafari og‘ir, 283 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing