O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 5 700 nafarga yaqinlashdi
Jamiyat
−
18 iyun 2020
7368Bugun, 18 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 nafarga oshib, 5697 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4131 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1547 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi