O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 5 100 nafarga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 nafarga oshib, 5080  nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 2 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida, 2 nafar Toshkent shahrida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan) aniqlangan. 

Ayni paytda mamlakatda 3943 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foizi) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1118 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing