O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 5 100 nafardan oshdi
Jamiyat
−
15 iyun 2020
6906Bugun, 15 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 nafarga oshib, 5103 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, qolgan 4 nafari esa Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.
Ayni paytda mamlakatda 3943 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1141 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi