O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 40 000 dan oshdi
Jamiyat
−
26 avgust 2020
8673Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekistonda 390 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Surxondaryo hamda Andijon viloyatlarida jami 579 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40 054 nafar bemordan 36 562 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 91 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 199 nafar bemordan 294 nafari og‘ir, 139 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi