O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 39 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119 nafarga oshib, 39 065 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    99 nafari Toshkent shahrida;

•    10 nafari Toshkent viloyatida;

•    5 nafari Qashqadaryo viloyatida;

•    3 nafari Navoiy viloyatida;

2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 59 yoshli R.Sh. (erkak) hamda O‘rtachirchiq tumanida yashagan 50 yoshli D.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda O‘zbekistonda 34 987 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 803 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 249 nafari og‘ir, 129 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

360

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing