O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 36 mingdan oshdi

Jamiyat

image

2020 yil 18 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 173 nafarga oshib, 36 100 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    162 nafari Toshkent shahrida;

•    9 nafari Namangan viloyatida;

•    2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli D.P. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 31 580 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (87 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 4 280 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 593 nafari og‘ir, 178 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

293

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing