O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 23 nafarga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 23 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, koronavirus dastlab aniqlangan, Fransiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosining yana 3 nafar qarindoshida ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan.

Shuningdek, joriy yilning 15 mart kuni Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar va joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys bilan kelgan yana bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Har besh nafar fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga yetdi. 

Ta’kidlanishicha, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etildi. Ayni vaqtda mamlakatda 6 ming kishi karantinga olingan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

866

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing