O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 29 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 7 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 248 nafarga oshib, 29 057 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 15 nafari Xorazm viloyatida hamda 13 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 286 nafar, Toshkent viloyatida 164 nafar, Andijon viloyatida 20 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, jami 472 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 20 059 (+472) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 817 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing