O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 28 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
14 iyun 2020
99472020 yil 14 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 nafarga oshib, jami 4994 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan), 9 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 2 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 3874 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1101 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi