O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 21 mingdan oshdi

Jamiyat

image

So‘nggi natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 21 mingdan oshdi. 

27 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra,  koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 257 nafarga ortib, 21 209 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha, ya’ni 257 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni vaqtda mamlakatda bemorlarning 11 674 nafari yoki 55 faoizi koronavirusdan sog‘aygan.  Mamlakatda 9 414 nafar bemorning davolanishi davom etmoqda. 

O‘lim soni esa rasman 121 tani tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing