O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 20 mingdan oshdi
Jamiyat
−
26 iyul 2020
11240Bugun, 26 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 274 nafarga ortib, 20226 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
- 136 nafari Toshkent viloyatida, 90 nafari Toshkent shahrida;
- 29 nafar Sirdaryo viloyatida;
- 16 nafari Andijon viloyatida;
- 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 10831 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 9283 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 133 nafari og‘ir, 63 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi