O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 15 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 75 nafarga oshib, 15066 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 57 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 9 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida hamda 3 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 95 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Buxoro viloyatida 3 nafar, jami 128 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib O‘zbekistonda 8783 (+128) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (58 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 6208 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing