O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 11 500 ga yaqinlashdi
Jamiyat
−
09 iyul 2020
6570Bugun, 9 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 188 nafarga ortib, 11 447 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 104 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
• 56 nafari Toshkent shahrida (barchasi aholi orasida);
• 4 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida);
• 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 14 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Bugun poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda ayni paytgacha 7 082 nafar (+22) koronavirus infeksiyasiga chalingan (62 foiz) fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 4 316 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi