O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 105 mingga yaqinlashdi
O‘zbekiston
−
17 Iyun 2021 6054 2 daqiqa
Kecha, 16 iyun kuni O‘zbekistonda 371 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104834 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 8 nafari Andijon viloyatida,
• 15 nafari Buxoro viloyatida,
• 21 nafari Jizzax viloyatida,
• 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 3 nafari Navoiy viloyatida,
• 5 nafari Namangan viloyatida,
• 40 nafari Samarqand viloyatida,
• 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 27 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 19 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 3 nafari Xorazm viloyatida,
• 39 nafari Toshkent viloyatida,
• 170 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Buxoro viloyatida 5 nafar,
• Jizzax viloyatida 16 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 19 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 34 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
• Toshkent viloyatida 46 nafar,
• Toshkent shahrida 153 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 100623 (+295) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 713 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3498 nafar bemor davolanmoqda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr