O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 100 000 dan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 100 ming nafardan oshdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 29 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 280 nafarga ko‘payib, 100124 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 40 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 13 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 11 nafari Xorazm viloyatida,
  • 46 nafari Toshkent viloyatida,
  • 127 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar,
  • Buxoro viloyatida 13 nafar,
  • Jizzax viloyatida 3 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 8 nafar,
  • Samarqand viloyatida 56 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 10 nafar,
  • Xorazm viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent shahrida 141 nafar bemor sog‘aygan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 95786 (+257) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 690 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3648 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing