O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10 500 dan oshdi
Jamiyat
−
07 iyul 2020 7867 1 daqiqa
Bugun, 7 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 128 nafarga ortib, 10 587 nafarni tashkil etmoqda
Yangi kasallanish holatlari:
• 112 nafari Toshkent shahrida (shundan 84 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 28 nafari aholi orasida);
• 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida);
• 2 nafari Jizzax viloyatida, yana 2 nafari Qashqadaryo viloyatida aholi orasida;
• qolgan 1 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 6 690 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda O‘zbekistonda 3 858 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025