O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning qanchasi og‘ir holatda?

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 6358 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. 69 foiz, ya’ni 4377 nafar bemor to‘liq sog‘aygan, 1962 nafari davolanmoqda.

Davolanayotgan bemorlarning kasallik darajasiga ko‘ra holati:

3 nafari — o‘ta og‘ir;
15 nafari — og‘ir;
125 nafari — o‘rta og‘ir;
1819 nafari — qoniqarli.

Bundan tashqari, ularning 68 nafarida pnevmoniya aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 59 540 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Ulardan 36 655 nafar fuqaro uy sharoitida, 22 885 nafari esa statsionar sharoitda karantinga olingan.

“Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 17 600 ta, epid mavsum davomida 1 038 575 ta test sinovi o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing