O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarga oid mobil ilova ishga tushiriladi

Salomatlik

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorning kim bilan muloqot qilganini ko‘rsatuvchi mobil ilova ishga tushiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Bugun, 12 iyun kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov va Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida O‘zbekistonda Koreyaning yetakchi tibbiyot universitetining filialini ochish, tibbiyot klasterini tashkil etish masalalarini muhokama qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi mobil ilova ishlab chiqiladi va treking usuli joriy etiladi. Ushbu yo‘l bilan koronavirusga chalingan bemorni kim bilan muloqot qilgan va qaysi hududlarda bo‘lganligi aniqlanadi. Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada xuddi shunday mobil ilovadan foydalaniladi.

Bundan tashqari, suhbat davomida hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda testlar va dorilarni ishlab chiqish masalalari ham muhokama etilgan. COVID-19 ga qarshi vaksinani birgalikda klinik sinovlarini o‘tkazish to‘g‘risida ham kelishuvga erishilgan.

Ma’lumot o‘rnida,  Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoniga ega. Bundan tashqari, u Toshkent tibbiyot akademiyasining Faxriy professori hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 4 819 nafar odam koronavirusga chalindi. Bemorlardan 3 637 nafari shifo topgan bo‘lsa, 19 nafari vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing