O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 5 300 dan oshdi
Jamiyat
−
16 iyun 2020
6454Bugun, 16 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 nafarga oshib, 5328 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 4 nafari esa aholi orasida), 2 nafari esa Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1290 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi