O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 77 nafarga yetdi
Jamiyat
−
17 iyul 2020
10912O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu mamlakatdagi 77-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida yashovchi 62 yoshli N.A.da (ayol) joriy yil 8 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va shahar 1-son klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.
Kasallik o‘tkir nafas hamda yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
LiveBarchasi