O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 260 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 avgust kuni O‘zbekistonda 381 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Rasman e’lon qilingan qurbonlar soni 260 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Xorazm, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Namangan viloyatlarida jami 547 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 074 nafar bemordan 33 989 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 825 nafar bemordan 277 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

185

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing