O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 63 nafarga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu mamlakatda virusdan halok bo‘lgan 63-bemor bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahrida yashovchi 60 yoshli B.E. (erkak) joriy yil 6 iyul kuni ertalab qon bosimi yuqori bo‘lib, gapirmay qo‘yganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. 
Unda “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va bemor o‘ta og‘ir ahvolda sun’iy nafas olish apparatiga ulangan holda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan. 

Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi hamda insult tashxisi qo‘yilgan. Xastalik miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda koma asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan. Bemor bundan avval, bir necha yillardan buyon gipertoniya, qandli diabet bilan og‘rigan, 2019 yilda insultni o‘tkazgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing