O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim yosharmoqda. Navbatdagi qurbon 22 yoshda
Jamiyat
−
29 iyul 2020
60300O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari yosharmoqda. Mamlakatda ilk bor 22 yashar bemor vafot etdi. Bungacha bo‘lgan o‘lim holatlarining asosiy qismini 30 yoshdan yuqoridagilar tashkil etayotgan edi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 22 yoshli ayol 15–18 iyul kunlari Toshkent shahar 9-son tug‘ruq kompleksi reanimatsiya bo‘limida “2-homiladorlik, 2-tug‘ruq, o‘tkir kamsuvlik, ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.
18 iyul kuni bemorda COVID-19 tasdiqlangach, Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. Ushbu shifoxonada unga COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi ko‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining urg‘ulashicha, shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
LiveBarchasi