O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lganlar jasadi kuydiriladimi?
Jamiyat
−
20 iyun 2020
73454O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinib, vafot etganlarning jasadi ba’zi davlatlarda bo‘lgani kabi kuydirilmaydi. Islom urf-odatlariga ko‘ra dafn qilinadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov brifing vaqtida ma’lum qildi.
Botir Qurbonov shu masaladagi savolga javob berib, koronavirusdan vafot etgan fuqarolar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining mutaxassislari ishtirokida dafn etilishini aytib o‘tdi.
“COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va ushbu kasallikdan vafot etgan bemorlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining mutaxassislari ishtirokida qat’iy sanitariya-gigiyena talablari asosida hamda zararsizlantirish olib borilib Islom dini urf-odatlari bo‘yicha dafn etilmoqda”, dedi Qurbonov.
Botir Qurbonov xorijda boshqa kasallikdan vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelingach, qanday dafn etilishiga ham aniqlik kiritdi.
“Ushbu holatda xaqiqatda COVID-19 mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etilsa dafn marosimlari odatdagi tartibda amalga oshirishi mumkin”, dedi agentlik mas’uli.
Eslatib o‘tamiz, bugungacha O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 19 nafarga bemor vafot etgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15