O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni keskin ko‘paydi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatidan yana xushxabar keldi. Bugun, 23 aprel kuni viloyatda 58 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. E’tiborli jihati, Buxoro viloyatida bugunning o‘zida 95 nafar bemor sog‘aydi.

Shunday qilib, so‘nggi uch kun davomida: birinchi kun 96, ikkinchi kun 93, bugun esa 111 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 561 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 1735 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 7 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing