O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish darajasi pasaydi

Jamiyat

image

Bugun, 10 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 313 nafarga ortib, 45 473 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 

•    269 nafari Toshkent shahrida;
•    35 nafari Toshkent viloyatida;
•    9 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 61 yoshli X.F. (erkak) hamda Ohangaron shahrida yashagan 46 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 176 nafar, Toshkent viloyatida 82 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida yana 5 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, mamlakatda 42 509 (+297) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 594 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

829

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing