O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha rekord yangilandi

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlik ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida  29 nafar, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 38 nafar, Nuroniylar sihatgohida 41 nafar,  Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, 3-son tug‘ruq kompleksida 4 nafar, Andijon viloyatida 111 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar va Navoiy viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 15 nafar,  Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida esa 4 nafar, jami 297 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Shu tariqa shifokorlarning fidoyiligi sabab bugun 297 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi rekord ko‘rsatkich joriy yilning 8 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 249 nafar bemor tuzalgan edi. 

Shunday qilib, ayni vaqtda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 8327 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1048

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing