O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Jamiyat

image

Bugun,  22 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 nafarga oshib, 18 379 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazrligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Buxoro viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 102 nafar, Andijon viloyatida 112 nafari, Namangan viloyatida 61 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Surxondaryo viloyatida 15 nafar, Farg‘ona viloyatida 14 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Jizzax viloyatida 3 nafar, jami 351 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 9 872 (+351) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 409 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1079

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing