O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi

Jamiyat

image

Bugun, 31 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 784 nafari sog‘aydi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Jumladan, bemorlarning 467 nafari Toshkent shahrida, 184 nafari Toshkent viloyatida, 41 nafari Andijon viloyatida, 32 nafari Qashqadaryo viloyatida, 22 nafari Xorazm viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 30 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 743 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 14 464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

751

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing