O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni keskin ko‘tarildi
Jamiyat
−
23 iyun 2020
13283Bugun, 23 iyun kuni Toshkentda yana 40 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 4560 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 28 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 12 nafar, jami 40 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatilgan.
Sog‘ayganlarning 21 nafari erkak, 19 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 75 yoshli onaxon, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan.
“Endilikda Toshkent shahri va viloyatida ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 2451 nafarga yetdi”, deyiladi xabarda.
Umumiy hisobda bugun 110 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4560 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi