O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 35 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Toshkent va Samarqandda 35 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 4131 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 11 nafar hamda Samarqand viloyatida 4 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va o‘z uylariga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlar 11 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 2017 yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Toshkent shahridan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 3 nafar, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan 1 nafardan.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 47 yoshda, kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 6 nafar, Toshkent viloyatidan 2 nafar, Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. 

Bugunga kelib, Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 2062 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi (erkak) ushbu viloyatdan. Ularning yoshi kattasi 70 yoshda, yoshi kichigi esa 31 yoshda. Endilikda viloyatda tuzalganlar 372 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 4131 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

81

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing