O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 96 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 31 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100 495 (+160) nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sog‘ayganlar 96 ming nafardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 5 nafari Andijon viloyatida;
  • 3 nafari Jizzax viloyatida;
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 2 nafari Namangan viloyatida;
  • 22 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 18 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 4 nafari Xorazm viloyatida;
  • 23 nafari Toshkent viloyatida;
  • 66 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar;
  • Buxoro viloyatida 3 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 6 nafar;
  • Navoiy viloyatida 5 nafar;
  • Namangan viloyatida 3 nafar;
  • Samarqand viloyatida 59 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar;
  • Toshkent shahrida 47 nafar;
  • Toshkent viloyatida 87 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 96223 (+230) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3652 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing