O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 90 foizga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 91 nafarga oshib, 39 156 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    81 nafari Toshkent shahrida;

•    6 nafari Toshkent viloyatida;

•    4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 62 yoshli Yu.M. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 45 yoshli Z.O. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 176 nafar, Toshkent viloyatida 97 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Farg‘ona viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, jami 296 nafar bemor sog‘aydi. 

Shunday qilib, O‘zbekistonda 35 283 (+296) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 90 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatda 3 596 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

272

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing