O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 9,5 mingdan oshdi
Jamiyat
−
21 iyul 2020 7308 1 daqiqa
Bugun, 21 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 126 nafarga oshib, 17 881 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 34 nafari Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 5 nafar hamda poytaxtimizda uy sharoitida 8 nafar, Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasasida 36 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar, jami 58 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 9 521 (+58) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 8 265 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025