O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 66 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 noyabr kuni O‘zbekistonda 215 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 586 nafarga yetdi.

SSVning ma’lum qilishicha, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Buxoro, Surxondaryo,  Samarqand viloyatlarida 223 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 68 945 nafar bemordan 66 194 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2165 nafar bemordan 247 nafari og‘ir, 65 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

412

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing