O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 61 mingdan oshdi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2020
8171Bugun, 20 oktyabr kuni O‘zbekistonda 305 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 534 nafarga yetdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 351 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 63912 nafar bemordan 61068 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 310 nafar bemordan 292 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi