O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 60 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 oktyabr kuni O‘zbekistonda 311 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 

Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 524 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent,  Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 324 nafar bemor tuzaldi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 62995 nafar bemordan 60080 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 391 nafar bemordan 313 nafari og‘ir, 95 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

274

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing