O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 59 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 oktyabr kuni O‘zbekistonda 317 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 514 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent,  Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlarida 332 nafar bemor tuzaldi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 62055 nafar bemordan 59 095 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 446 nafar bemordan 317 nafari og‘ir, 102 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing