O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 56 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 6 oktyabr kuni O‘zbekistonda 365 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami qurbonlar 489 nafarga yetdi.

Qayd etilishicha, kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo hamda Navoiy viloyatlarida 414 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 59 443 nafar bemordan 56 165 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 789 nafar bemordan 325 nafari og‘ir, 165 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing