O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 53 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 sentyabr soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 198 kishiga ortib, 56 717 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    148 nafari Toshkent shahrida;
•    25 nafari Jizzax viloyatida;
•    17 nafari Andijon viloyatida;
•    8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 

•    Toshkent shahrida 234 nafar, 
•    Toshkent viloyatida 47 nafar, 
•    Namangan viloyatida 27 nafar, 
•    Jizzax viloyatida ham 27 nafar, 
•    Andijon viloyatida 20 nafar, 
•    Samarqand viloyatida 12 nafar, 
•    Xorazm viloyatida 9 nafar, 
•    Navoiy viloyatida 8 nafar, 
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, 53 366 (+396) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 881 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing