O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 49 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 194 nafarga ortib, 52 685 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    167 nafari Toshkent shahrida;
•    20 nafari Namangan viloyatida;
•    7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Shuningdek, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 213 nafar, Toshkent viloyatida 84 nafar, Namangan viloyatida ham 84 nafar, Samarqand viloyatida 25 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, 49 067 (+461) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 3 176 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

214

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing