O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 45 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 sentyabr kuni O‘zbekistonda 570 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Xorazm, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida 532 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 48 565 nafar bemordan 45 058 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 104 nafar bemordan 483 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing