O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 3 500 nafardan oshdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 29 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 15 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 29 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatidan 1 nafardan bo‘lsa, 3 nafari Farg‘ona va Namangan viloyatidan, 2 nafardan Samarqand va Andijon viloyatlaridan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda,kichigi esa 28 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan esa 1 nafardan.

Shuningdek, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 28 yoshli 1 nafar poytaxtlik ayol shifo topib, Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1572 nafar tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 3504 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

75

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing