O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 1700 nafardan oshdi
Jamiyat
−
08 may 2020
9455Buxoro va Xorazm viloyatida 32 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 7 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Buxoro viloyatida 32 nafar, Xorazm viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Buxoroda shifo topganlarning 21 nafari Rossiyadan charter reys bilan, yana 1 nafari esa Qirg‘iziston Respublikasidan Buxoroga kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 10 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.
Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 10 nafari Buxorodan, 6 nafari Qashqadaryodan, 4 nafardan Namangan va Toshkent viloyatlaridan, 2 nafari Farg‘onadan, 1 nafardan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Qirg‘iziston Respublikasidan. Ularning 22 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 78 yoshli onaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 372 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 404 nafarga yetdi.
Xorazmda sog‘aygan 1 nafar erkak bemor 49 yoshda bo‘lib, Farg‘ona viloyatidan. U Qozog‘iston Respublikasidan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Endilikda viloyatda sog‘ayganlar soni 168 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1721 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda virus yuqtirganlar 2314 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi
26 noyabr