O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 1133 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 aprel kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 2 nafar, jami 7 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari erkak, 2 nafari ayol va bir nafar chaqaloq bo‘lib, barchasi Toshkent shahridan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (ayol) 37 yoshda bo‘lib, Navoiy viloyatidan. U Moskva-Toshkent yo‘nalishada charter reysi  bilan kelgan va karantinga olingan. Yana 1 nafari (ayol) 23 yoshda bo‘lib, Toshkent shahridan. U koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Ta’kidlash joizki, Toshkent shahrida shu paytga qadar 357 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 364 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 37 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1133 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2017 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing