O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 1000 nafarga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida yana 2 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Bugunning ilk xushxabarini Farg‘ona viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqqanligi haqidagi yangilik bilan boshlaymiz. Sog‘ayganlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Tuzalib chiqqanlarning ikkalasi ham erkak, 1 nafari (65 yoshda) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Turkiyadan kelgan, yana 1 nafari (54 yoshda) farg‘onalik, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 59 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 61 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 994 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1955 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan. Hozirda 953 kishi koronavirusdan davolanyapti.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing