O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 10 000 nafardan oshdi

Jamiyat

image

Bugun,  23 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 172 nafarga oshib, 18 703 nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Surxondaryo viloyatida, 65 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda qolgan 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 48 nafar, Navoiy viloyatida 27 nafar, Sirdaryo viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar hamda Jizzax viloyatida ham 7 nafar, jami 130 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, O‘zbekistonda 10 002 (+130) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 601 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing